Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik asosiy raqibiga qarshi jang qildi
Sport
−
28 Sentabr 2023 10944 1 daqiqa
Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining boks dasturi bo‘yicha tashkil etilgan navbatdagi bahs o‘z yakuniga yetdi.
Unda Jahon chempioni – O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, qozog‘istonlik bokschi Saken Bibosinovga qarshi jang olib bordi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, 3 raundga mo‘ljallangan jang Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatovning foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa O‘zbekiston vakili Osiyo o‘yinlarining chorak finaliga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, birozdan so‘ng 71 kilogrammli o‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev bahslarga kirishadi.
Live
Barchasi