Hasanboy Do‘smatov chempionlik jangini Toshkentda o‘tkazadi
Sport
−
07 mart
4956Professional boksning minimal vaznida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov navbatdagi jangini ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi chempionlik kamari uchun o‘tkazadi. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Do‘smatov-Karmona jangi 14 aprel kuni Toshkent shahrida joylashgan “Humo Arena”da “IBA chempionlar oqshomi”da tashkil etiladi.
Shuningdek, musobaqa doirasida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon terma jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Qayd etish joiz, ikki bokschi Dubaydagi “IBA Chempionlar oqshomi”da yuzma-yuz kelishgan. IBA kamari uchun kechadigan jangning face-to-face marosimini ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o‘tkazib bergan.