Hasanboy Do‘smatov ham ikki karra Olimpiada chempioni bo‘ldi

Sport

image

Parij shahrida tobora o‘z poyoniga yetib borayotgan Olimpiada o‘yinlarining boks bahslarida final janglari boshlandi.

-51 kg vaznda hal qiluvchi jangga yetib kelgan Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov oltin medal uchun jangda mezbonlar bokschisi Bennama Bilolga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi va ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi.

Qayd etish joiz, Do‘smatov o‘tgan yili Toshkentda o‘tkazilgan Jahon chempionati finalida ham Bilol bilan jang qilib, raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratgandi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik yana 4 nafar bokschi Olimpiada chempioni bo‘lish imkoniyatiga ega. Do‘smatovdan tashqari Bahodir Jalolov, Lazizbek Mullojonov, Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Parij Olimpiadasi finaliga chiqishni uddaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Hasanboy Do'smatov Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing