Hasan Ergashev AMMAF vitse-prezidenti bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik sport mutaxassisi Hasan Ergashev Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasining (IMMAF) Osiyo mintaqasi (AMMAF) vitse-prezidenti lavozimiga saylandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

“Maqsadimiz qit’ada aralash jang san’atlarini yangi bosqichga olib chiqish. O‘zbek atletlarini UFC darajasidagi yetakchi ligalarda ishtirokini ta’minlash” deydi Hasan Ergashev.

Qayd etish joiz, Hasan Ergashev, shuningdek, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda aralash jang san’atlari bo‘yicha Jahon chempionati bahslari boshlangani xabar qilingandi.

Musobaqa 10 noyabrga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

vitse-prezident Hasan Ergashev AMMAF

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing