Harbiy xizmatga jo‘natishni vada qilib, 500 dollar olgan firibgar ayol ushlandi
Jamiyat
−
18 aprel 2019
4024Farg‘onada muddatli harbiy xizmatga jo‘natishni vada qilib 500 dollarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ayolning qilmishi fosh bo‘ldi.
Muddatli harbiy xizmatga borishni maqsad qilgan A.R. oyog‘idagi varikoz kasalligi bois viloyat chaqiruv komissiyasini tibbiy ko‘rigidan o‘ta olmagan. Uning qo‘shnisi A.O. uni muddatli harbiy xizmatga jo‘natishga yordam bermoqchi bo‘lib, Farg‘ona shahrida yashovchi D.T. ismli ayolni topdi. D.T. tezda A.O.ning ishonchiga kirib, uning tanishini o‘zining yuqori lavozimlarda ishlaydigan tanishlari orqali harbiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, bir yillik muddatli harbiy xizmatga jo‘natishini va’da qildi. Uni aldab, vakolatli mansabdor shaxslarga 500 AQSH dollari miqdorida pora berishga dalolat qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgar D.T. muddatli harbiy xizmatga jo‘natishga kelishilgan 500 dollarni olgan vaqtda ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, D.T.ga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.
LiveBarchasi