Harbiy qismda portlash yuz berdi

Olam

image

Bugun, 21 sentyabr kuni Qozog‘istonning Aris shahridan 60 km uzoqlikdagi harbiy poligonda portlash yuz berdi. Natijada 10 nafar harbiy turli darajada jarohatlandi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, rejali portlatish ishlari davomida maxsus jihozlangan poligonda portlovchi uskuna o‘z-o‘zidan ishga tushib ketgan. Natijada 10 nafar maxsus tayyorlangan shartnoma asosida xizmat qiluvchi sapyorlar jarohatlangan. 

Ular Mudofaa vazirligining dala shifoxonasiga yotqizilgan va tegishli yordam ko‘rsatilgan. Hozirda portlash sababini o‘rganish ishlari olib borilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy omborxonada portlash yuz berishi oqibatida shahar aholisi evakuatsiya qilinishiga to‘g‘ri kelgandi. Shuningdek, portlash "O‘zbekiston temir yo‘llari" poyezdlari qatnoviga ham ta’sir qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston portlash

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing