Harbiy hamkorlik: AQSH Qurolli Kuchlar delegatsiyasi Samarqandga keldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Amerika Qurolli Kuchlari Markaziy Qo‘mondonligi strategiya, rejalashtirish va siyosat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, brigada generali Dyuk Pirak boshchiligidagi delegatsiyasi Samarqand shahrida bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari markaz faoliyati, texnik va taktik tayyorgarlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, texnikalarni ta’mirlash bo‘yicha mavjud o‘quv xonalari bilan yaqindan tanishgan. Yakunda markaz boshlig‘i A.Jabborov va Dyuk Pirak serjantlar tayyorlash markazlarida tajriba almashish haqida o‘zaro kelishib olgan. Shundan so‘ng mehmonlar Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat qilgan.

Ma’lumot uchun, delegatsiya O‘zbekistonga 2 aprel kuni tashrif buyurgandi. Avvalroq Dyuk Pirak boshchiligidagi mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhammedov bilan ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik masalalarini muhokama etgandi. 

Eslatib o‘tamiz, bu joriy yilning bahoridagi ikkinchi xorijiy delegatsiya tashrifi hisoblanadi. Avvalroq, 23 mart kuni Turkiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Yashar Guler rahbarligidagi Turkiya delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lgandi.

 

Kamola Adxamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qurolli Kuchlar Amerika

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing