Har yilgidan o‘zgacha: Yelizaveta II Rojdestvo bayramini qayerda o‘tkazishi aytildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Rojdestvo bayramini Vindzor qasrida o‘tkazadi. Bu haqda “Sky News” Bukingem saroyiga tayanib xabar bergan.  

“Qirolicha Rojdestvo bayramini an’anaviy tarzda bayram nishonlanadigan Sandringem saroyida emas, Vindzor qasrida o‘tkazadi”, deyiladi telekanal xabarida. 

Ta’kidlanishicha, dam olish kunlarida qirollik oilasi a’zolari ham Vindzorga keladi, saroyda zarur xavfsizlik choralari ko‘riladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Buyuk Britaniyada COVID-19 infeksiyalari sonining ko‘payishi fonida Rojdestvo oldidan oilaviy tadbirni bekor qilgandi. Qirolicha o‘zining yaqin qarindoshlarini Rojdestvo bayramlarida Sandringem saroyida mehmon qilish niyatida, shu bilan birga u xavfsizlik haqida mutaxassislar maslahatiga amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya Rojdestvo

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing