“Har kuni ichadi”. Japarov Chuy viloyati sudyasining mast holatdagi videosini ko‘rsatdi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bugun, 7 iyun kuni Sud va huquqni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Kengashning birinchi yig‘ilishida Chuy viloyat sudi raisining videolavhasini namoyish etdi. Prezident sudyaning ish joyida ko‘pincha mast holda paydo bo‘lishini ta’kidladi.

Yig‘ilish tugashidan oldin Japarov bir necha daqiqa vaqt so‘radi va videoni namoyish etdi. Kuzatuv kameralaridan olingan videoda sudyaning koridorda cho‘kkalab o‘tirgani, o‘rnidan turib eshikni ochmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin. Uning harakatlari alkogol ichib mast bo‘lgan holatdagi odamning harakatlariga monand edi.

Videoni tomosha qilganidan so‘ng, Prezident Oliy sud sudyasi Nurgul Bakirovaga murojaat qilib, uni tanish yoki tanimasligini so‘radi. Bakirova esa “Chuy viloyat sudi raisiga o‘xshaydi”, deya javob qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Japarov

Baholaganlar

476

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing