Har chorshanba o‘tkaziladigan tadbirlar belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qaror bilan Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Ushbu sohadagi vazifalardan biri aholini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, himoya vositalaridan foydalanishga o‘rgatishdan iborat.

Endilikda har haftaning chorshanba kunlari aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha tayyorlash tabdirlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, yurtimizga tashrif buyurayotgan turistlarga favqulodda vaziyatda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi, ularga yo‘riqnoma, buklet va eslatmalar tarqatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

profilaktika chorshanba

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing