“Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qo‘shimcha 98 mln dollar ajratildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘irlashgan oilalarning bandligini ta’minlash orqali ularga daromad manbaini yaratish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qo‘shimcha ravishda 98 million AQSH dollari:
 
•    “Agrobank” ATBga – 40 million AQSH dollari; 
•    AT Xalq bankiga – 30 million AQSH dollari; 
•    “Mikrokreditbank” ATBga – 28 million AQSH dollari ekvivalentida mablag‘lar ajratilishi belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga – 2 million AQSH dollari; 

Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun Namangan viloyati hokimligiga – 50 million AQSH dollari ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkorlik davlat dasturi

Baholaganlar

290

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing