Hamzat Chimayev birinchi raunddayoq raqibini bo‘g‘ib qo‘ydi

Sport

image

Ayni daqiqalarda BAA poytaxti Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da UFC 267 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Asosiy kardning ikkinchi jangida yarimog‘ir vazn toifasida ishtirok etayotgan shvetsiyalik Hamzat Chimayev (10-0) xitoylik Li Jinliangga (18-7) qarshi oktagonga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi. 

Bir yillik tanaffusdan so‘ng, UFC’ga qaytgan Chimayev birinchi raundning o‘zida raqibini bo‘g‘ish uslubi evaziga mag‘lub etdi. Chimayev so‘nggi bor 2020 yilning sentyabrida Jerald Myorshartni nokautga usratgan va shundan keyin, koronavirusga chalinib, faoliyati yakunlanganini e’lon qilgan edi. Biroq Ramzan Qodirov uni oktagonga qaytishga ko‘ndirgan edi.

Asosiy karddan o‘rin olgan janglar quyidagicha ko‘rinish olgan:

Yan Blaxovich – Glover Teysheyra
Pyotr Yan – Kori Sendxagen
Islam Maxachev – Den Xuker
Aleksandr Volkov – Marchin Tibura

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik Zubayra Tuxugov erta prelimning markaziy jangida braziliyalik Rikardo Ramosni mag‘lubiyatga uchratdi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Abu Dabi Hamzat Chimaev Li Jinliang

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing