Hamshiralar 5 kunlik chaqaloqni pullashga urindi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatida tug‘ilganiga bir hafta ham bo‘lmagan go‘dakni pullashga uringan tug‘ruqxona hamshiralari to‘xtatib qolindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada, O‘zbekiston tumanining tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona bo‘limi hamshiralari A.I. va R.Q. fuqaro G.T.ning 5 kunlik o‘g‘il farzandini tug‘ruqxona bo‘limida fuqaro M.R.ga 500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan A.I. va R.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi Bosh prokuratura tug'ruqxona

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing