Hammasi o‘zgardi. De Ligt Barselonaga emas, Parijga uchmoqchi
Sport
−
12 iyun 2019
3914Xabaringiz bor, Amesterdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Matias de Ligt shu yozda o‘z jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, gollandiyalik futbolchiga Kataloniyaning "Barselona" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Shuningdek, unga Turinning "Yuventus", Angliyaning ikki Manchester klubidan ham takliflar bor edi.
Futbolchining o‘zi "Barselona"da o‘ynashga qarshi emasligini bildirgandi, ammo katalonlar futbolchining agenti bilan kelisha olmayapti. Qolaversa, klub rahbariyati himoyachiga Frenki de Yongnikidan ko‘p maosh to‘lamoqchi emas.
Fransiyaning PSJ klubi bundan foydalangan holda futbolchini o‘zlariga og‘dirib olmoqchi. Klub rahbariyatidagi shayxlar futbolchiga yiliga 15 mln yevro maosh vada qilishmoqda. "Barselona"dagilar esa de Ligtga 8 mln atrofida maosh to‘lamoqchi.
Gollandiyalik futbolchi OAVga bergan oxirgi intervyusida, Kataloniyaga ko‘chib o‘tmasligiga sha’ma qilgan. Futbolchi klubda ayni paytda bo‘lgan Pike, Umtiti, Langle kabi himoyachilarni ortda qoldirib asosiy tarkibga kira olishiga shubha qilmoqda. Qolaversa, "ko‘k-anorranglilar" ham unga asosiy tarkibdan joy vada qilmayapti.
LiveBarchasi