Hammasi Putinga bog‘liq. Jonson Kremlga qarshi sanksiyalar qachon kuchga kirishini aytdi
Olam
−
02 fevral 2022 8468 1 daqiqa
Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi bilan Buyuk Britaniyaning Moskvaga qarshi sanksiyalari avtomatik tarzda kuchga kiradi. Iqtisodiy choralar Rossiya biznesiga zarba beradi. Bu haqda Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaradan keyin shunday bayonot bergan.
Jonsonga ko‘ra, rasmiy Londonning avval qisman e’lon qilgan sanksiyalari 10 fevral kuni tayyor bo‘ladi.
“Moskva bu sanksiyalar Ukrainaga bostirib kirish boshlangan daqiqada avtomatik tarzda kuchga kirishini, tushunishi juda muhim”, degan Britaniya Bosh vaziri.
Jonson Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan optimistik kayfiyatda. U yuzaga kelgan inqirozli holatdan hamon diplomatik yo‘llar bilan chiqish mumkin, deb hisoblamoqda.
“Rossiya orqaga chekinishi va diplomatiya yo‘lini tanlashi juda muhim va men bu mumkinligiga ishonaman. Biz muloqotdan manfaatdormiz, lekin sanksiyalarimiz tayyor, biz harbiy yordam beramiz va iqtisodiy hamkorlikni ham mustahkamlaymiz”, degan Jonson.
Britaniya Bosh vaziri Rossiyaning Ukrainaga ehtimoliy hujumi Rossiya hukumati uchun “harbiy falokat” bo‘ladi, degan fikrni bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson Yaponiyaga rejalashtirilgan safarini bekor qilib, kecha, 1 fevral kuni Ukrainaga bordi.
Live
Barchasi