“Hammangiz mening farzandlarimsizlar”. Prezident bemor bolalardan xabar oldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga bordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident markazning sharoitlarini ko‘zdan kechirdi. Markazda 3 ta bino bo‘lib, 260 ta o‘ringa ega. Hozirgi kunda bu yerda 210 nafar bemor davolanmoqda. Shundan 42 nafari bolalardir.

Shavkat Mirziyoyev ushbu shifoxona uchun yangi bino barpo etish, unda Rossiyaning D.Rogachyov nomidagi tibbiy tadqiqot markazi tajribasi asosida bolalar onkogemotologiyasi markazi tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. U yerda o‘zak xujayralarini donordan ko‘chirib o‘tkazish – allogen transplantatsiya yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident shifoxonada davolanayotgan bolalar va ularning onalari bilan suhbatlashdi.

“Gematologiyada davolashni yaxshilash  bo‘yicha qarorlar qabul qildik. Lekin, bu ishlar hali yetarli emas. Bugun kelishimdan maqsad – sizlarga yanayam ko‘proq sharoit yaratish, kasallarni tezroq oyoqqa qo‘yish, davolash kafolatini oshirish bo‘yicha choralarni belgilash. Sizlar hammangiz – mening farzandlarimsizlar. Har kuni kulib turib, ota-onalaringga madad bo‘lishlaringiz kerak. Albatta tuzalib ketaman, degan intilishingiz bo‘lishi kerak. Biz buning uchun hamma sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Prezident onalar va bolalarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

“Ko‘ngillaringiz bo‘linmasin. Bir o‘zlaringiz emassizlar. Hammamiz hamdardmiz. Bu sohada imkoniyatlarni yaxshilash uchun yangi markaz quramiz. U yerda onalar uchun ham, bolalarning o‘qishi uchun ham sharoit bo‘ladi, davolash ham o‘zgaradi. Eng katta niyatimiz - tezroq davo topib, uyga, oilangiz bag‘riga qaytishingiz”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev bolalarga mehribonligi va fidoyiligi uchun markaz shifokorlariga minnatdorlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing