Hamma narsayam sotilmaydi. Habib Maskning taklifini qabul qilmadi
Sport
−
04 avgust 2023
14676Ultimate Fighting Championship (UFC) tashkilotining yengil vazn toifasida sobiq chempioni Habib Nurmuhammedov amerikalik milliarder Ilon Maskga murabbiylik qilishdan bosh tortdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, UFC Eurasia bosh direktori Andrey Gromkovskiy rossiyalik sportchi Habib Nurmuhammedovni Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerbergga qarshi jang oldidan amerikalik biznesmen Ilon Maskga murabbiylik qilishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan. Biroq sobiq UFC jangchisi bu taklifni uzil-kesil rad etgan.
“Ilon Mask Habibdan Sukerbergga qarshi jangda unga murabbiylik qilishni so‘ragan, ammo sportchi buni rad etgan. Rad javobi berilishining sababi esa ochiqlanmagan”, deyiladi xabarda.
Gap shundaki, dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan texnogigantlari – Meta va Twitter'ning egalari Mark Sukerberg hamda Ilon Mask o‘rtasida kechayotgan texnologik “jang” tobora avj olib borayotgan bir vaqtda ular MMA sporti bo‘yicha ham o‘zaro bahslashishga kelishib olgan edi. Shundan so‘ng, milliarderlarning har ikkalasi mashxur sportchilar hamrohligida mashg‘ulotlarga kirisha boshladi. Avvaliga Ilon Mask Sukerbergga qarshi jangga UFC afsonasi Jorj Sen-Per, jiu-jitsu murabbiyi Jon Danaxer va podkaster Leks Fridman bilan birga tayyorgarlik ko‘ra boshlagandi. Keyinchalik Sukerberg UFC chempionlari Israel Adesanya va Aleksandr Volkanovski bilan jiddiy mashg‘ulot o‘tkazdi.
LiveBarchasi