HAMASning yangi yetakchisini imkon qadar tezroq yo‘q qilish kerak – Isroil TIV
Olam
−
07 avgust
7415Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari Yahyo Sinvarni “imkon qadar tezroq yo‘q qilishga” chaqirdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“HAMAS harakatining sobiq yetakchisi o‘rniga tayinlangan yana bir terrorchi Yahyo Sinvarni tashkilotga qo‘shib, yer yuzidan tezda, butunlay yo‘q qilish kerak”, deb yozdi vazir.
Ma’lumot uchun, Sinvar 1962 yil 29 oktyabrda G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahrida tug‘ilgan. G‘azo Islom universitetini tamomlagan, arabshunoslik bo‘yicha tahsil olgan.
Sinvar 1988 yilda ikki isroillik askarni o‘g‘irlab ketish va o‘ldirishni rejalashtirganlikda ayblanib, hayotining 22 yilini Isroil qamoqxonalarida o‘tkazdi, biroq 2011 yilda Isroil askari Gilad Shalit evaziga 1000 ga yaqin boshqa falastinlik mahbuslar bilan ozod qilinadi.
Shuningdek, Sinvar “Al-Qassam” brigadalarini yaratishda faol ishtirok etgan. Unga “Xon Yunusning qassobi” laqabi berilgan.
2017 yilda Sinvar hozirda o‘ldirilgan va o‘sha paytda siyosiy byuroga rahbarlikka o‘tgan Ismoil Xoniya o‘rniga HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 avgust kuni 62 yoshli falastinlik Yahyo Sinvar Xoniyaning o‘rniga HAMASning yangi siyosiy yetakchisi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi