HAMASning Telegram'dagi rasmiy kanali cheklandi

Olam

image

Telegram Google Play qoidalariga muvofiq, mobil qurilmalar orqali HAMASning rasmiy kanaliga kirishni chekladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Android tizimi uchun ilovaning so‘nggi versiyasidan foydalanuvchilarga yuborilgan xabarda obuna bo‘lingan “ayrim kanallarga kirish Google Play qoidalariga muvofiq cheklanishi" bildirilgan.

Endilikda mobil qurilmadan HAMAS harakati kanaliga kirmoqchi bo‘lganlar uchun taqiq bildirishnomasi ko‘rinadi.

Ayni paytda, nashrlar Apple qurilmasidan kanalga kirishga uringanlar ham shunga o‘xshash cheklovlarga duch kelayotgani haqida yozgan.

"HAMASning harbiy qanoti “Al-Qassam brigadalari”ning kanali ham bloklangan. Shu bilan birga, harakat matbuot kotibi Izzat ar-Rishqaning kanali, HAMASning ittifoqchilari bo‘lmish “Islomiy jihod” va “Hizbulloh” kanallari hali ham ishlayapti", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Messenjer HAMAS kanallariga kirish huquqini saqlab qolmoqchi bo‘lgan Android foydalanuvchilariga mobil ilovani Play market orqali emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri Telegram veb-saytidan yuklab olishni taklif qildi. Kanallar messenjerning veb-versiyasida ham ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made