HAMASning hujumi Isroilning G‘azoga qarshi choralarini oqlamaydi – BMT Bosh kotibi 

Olam

image

Bugun, 21 oktyabr kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Qohiradagi sammitda HAMASning hujumi Isroil harbiylarining G‘azo sektoridagi harakatlarini oqlay olmasligini aytdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Guterrish “kengroq konteksti”ga ishora qilib, Isroil-Falastin mojarosining ikki davlat yechimi “haqiqiy tinchlik va barqarorlikning yagona real asosi” ekanini aytgan. 

"Isroilliklar xavfsizlikka bo‘lgan qonuniy ehtiyojlarini, falastinliklar esa mustaqil davlatga bo‘lgan qonuniy intilishlari amalga oshishini ko‘rishi kerak", deydi u.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, BMT G‘azoga yordamning barqaror yetkazib berilishini ta’minlash uchun barcha tomonlar bilan kecha-yu kunduz ishlamoqda, birinchi yigirmata yuk mashinasi karvoni kesib o‘tgan.

Guterrish tinch aholini himoya qilishga va fuqarolik infratuzilmasini, jumladan, shifoxonalar, maktablar va BMT binolarini Isroil hujumlaridan saqlashga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 21 oktyabr kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyning tashabbusi bilan Qohirada Falastin-Isroil mojarosini hal qilish va G‘azo sektoridagi keskinlikni kamaytirish yo‘llarini muhokama qilishga bag‘ishlangan tinchlik sammiti ochildi. Anjumanda 34 davlat va uchta xalqaro tashkilot – BMT, Arab davlatlari ligasi va Afrika ittifoqi vakillari ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qohira BMT Antoniu Guterrish Falastin Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing