HAMASni yo‘q qilish Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilmaydi – qirolicha Raniya

Olam

image

HAMAS harakatini yo‘q qilish Falastin-Isroil mojarosini hal qilmaydi. Bu fikrni Iordaniya qirolichasi Raniya CNN telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

"Siz HAMASdagi hammani o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldingiz ham deylik, keyin nima bo‘ladi? Ushbu mojaroning ildizi noqonuniy ishg‘ol, inson huquqlarining doimiy buzilishi, noqonuniy aholi punktlari qurilishida yotadi. Siz jangchini o‘ldirishingiz mumkin, ammo asosiy sababni o‘ldira olmaysiz", deydi qirolicha.

Raniyaning ta’kidlashicha, Isroil rasmiylarining G‘azo sektoridagi tinch aholi manzillariga zarba berishdan oldin tarqatayotgan ogohlantirishlari amalda foydasiz, chunki mojaro boshlanganidan beri anklavda elektr energiyasi uzilib qolgan. 

“Bu faqat Isroilning o‘z harakatlariga qonuniylik berishga urinishi, ularni HAMAS tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanayotgani bilan oqlash. Albatta, odamlardan tirik qalqon sifatida foydalanish jinoyat hisoblanadi. Biroq, bir tomon tinch aholini xavf ostiga qo‘ygan taqdirda ham, ular xalqaro huquq tomonidan to‘liq himoyalangan. Bu xalqaro standart va hech bir davlat uchun istisno bo‘lishi mumkin emas", deydi qirolicha Raniya

Shuningdek, qirolicha G‘azodagi Jabaliya qochqinlar lageriga uyushtirilgan zarbada tinch aholining o‘limi tasodifan emas, balki oldindan rejalashtirilgan harakat, urush jinoyati ekanini ta’kidlaydi.

Falastin Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlarining Jabaliyaga bergan qator zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni 400 nafardan oshgan, ularning yarmi bolalardir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Iordaniya qirolichasi G‘arb davlatlari rahbarlari Isroilning G‘azo sektoridagi bombardimonlari oqibatida minglab tinch aholi vakillarining halok bo‘lganini oqlayotgani, ularning ikkiyuzlamachiligi belgisi ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Iordaniya HAMAS qirolicha Raniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing