HAMASga yangi yetakchi tayinlandi – OAV

Olam

image

Falastinning HAMAS harakatining tashqi idorasi rahbari Xolid Mash’al tashkilotning yangi rahbari bo‘ldi. Bu haqda Livanning davlat televideniyasi xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Xolid Mash’al harakatning vaqtincha rahbari lavozimini egallagan hamda endilikda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etayotgan asosiy tomonlar bilan kechadigan barcha aloqalar uchun javobgardir. Lekin HAMAS rasmiylari uning lavozimga tayinlangani haqida haligacha rasmiy bayonot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil HAMAS yetakchisi Yaxyo Sinvarni o‘ldirgan bo‘lishi mumkinligini e’lon qilgandi. Isroilning yuqori martabali mulozimlarining “Ynet”ga aytishicha, aynan Sinvar o‘ldirilgani ehtimoli "juda yuqori" va voqea joyida buning "belgilari" bor. “Kan” radiostansiyasi manbalari ham Sinvarning o‘ldirilishi ehtimoli yuqoriligi haqida gapirdi. Shuningdek, ular Isroilda Sinvarning DNKsi borligini, chunki u Isroil qamoqxonasida bo‘lgani uchun uning shaxsini aniqlash muammo bo‘lmasligini ta’kidladi.

DNK namunalarini o‘rganish esa Falastinning HAMAS harakati yetakchisi Yahyo Sinvarning G‘azo sektorida o‘ldirilgani faktini tasdiqladi. Sinvarning shaxsini aniqlash uning o‘tmishda Isroil qamoqxonalarida bo‘lganligi tufayli osonlashgan. Isroil Tashqi ishlar vaziri Isroil Kats HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvar isroillik askarlar tomonidan o‘ldirilganini tasdiqladi.

Uning o‘limini Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mamlakat Tashqi ishlar vaziri Isroil Kats ham tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin HAMAS Xolid Mash'al

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing