HAMASda uch-to‘rt oylik janglar uchun yetarli zaxira bor – NYT 

Olam

image
Isroil qo‘shinlari G‘azo sektoriga kirdi north_east

Isroil qo‘shinlari G‘azo sektoriga kirdi

HAMAS harakati uch-to‘rt oy davomida jang olib borishga yetadigan ta’minotga ega. Bu haqda arab va g‘arb rasmiylariga iqtibos keltirgan holda “The New York Times” gazetasi xabar berdi.

Isroilning da’volariga ko‘ra, HAMAS zarur mahsulotlar, jumladan, oziq-ovqat va yoqilg‘i zaxiralariga ega. 

“Harakat yillar davomida G‘azo sektorida o‘nlab kilometr tunnellar qurgan va u yerda uzoq davom etadigan jang uchun zarur bo‘lgan deyarli hamma narsani to‘plagan”, deydi rasmiylar. 

Manbada aytilishicha, Isroil qo‘shinlari to‘liq quruqlikdagi operatsiyani boshlasa, bunga duch keladi. Ularning da’vo qilishicha, HAMASda transport vositalari va raketalar uchun yuz minglab gallon yoqilg‘i, o‘q-dorilar omborlari, portlovchi moddalar va ularni tayyorlash uchun materiallar, shuningdek, oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar mavjud. 

Livanning yuqori martabali mulozimiga ko‘ra, HAMASda ularning soni 3-4 oy davomida ta’minotsiz janglarni davom ettirish uchun yetarli.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. 9 oktyabr kuni Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil harbiylari G‘azo sektorini to‘liq blokada qilishini ma’lum qildi. Shu bilan  G‘azoga elektr, oziq-ovqat va yoqilg‘i kirishi to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing