“HAMASda faqat ikkita yo‘l qoldi”. Netanyaxu bashorat qildi  

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS harakatining so‘nggi kunlari yaqinlashayotganini e’lon qildi.

Uning so‘zlari Isroil hukumati rahbarining Telegram'dagi rasmiy kanallaridan birida keltirildi.

Bosh vazirning aytishicha, so‘nggi kunlarda HAMASning o‘nlab jangchilari qurollarini tashlab Isroil mudofaa kuchlariga taslim bo‘lgan. 

"Bu jarayon biroz vaqt talab etadi. Urush qizg‘in pallada, biroq bu HAMAS uchun so‘nggi kunlari yaqinlashayotganidan dalolat. Biz oxirgi HAMAS jangchilarini yo‘q qilinmaguncha davom etamiz. Ularda faqat ikkita yo‘l bor: taslim bo‘lish yoki o‘lish", degan Bosh vazir.

Shuningdek, u harakat jangchilarini taslim bo‘lishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun kecha, 20 dekabr kuni, Netanyaxuning maslahatchisi Mark Regev HAMASning G‘azo sektori shimolidagi pozitsiyasi qulash arafasida ekanligi haqida bayonot berib, navbat janubga kelayotganini ma’lum qildi.

“Ma’lumki, shimolda HAMAS jangchilarining taslim bo‘lish holatlari ko‘p bo‘lgan. Biz u yerdagi harakat bankrotlikka yaqinlashayotganiga ishonamiz. Janubda biroz uzoqroq bo‘ladi, chunki u erda operatsiyani keyinroq boshladik", degan Regev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Netanyaxu g‘alabaga qadar urushni davom ettirishi haqida aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Netan'yaxu HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing