Mahmud Abbos HAMAS yetakchisining o‘ldirilishidan nima maqsad qilinganini aytdi

Olam

image

HAMAS yetakchisi Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishi G‘azo mojarosini cho‘zish maqsadida qilingan. Bu haqda Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Moskvaga tashrifidan oldin RIA Novostiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Qayd etilishicha, Abbos uzoq kutilgan tashrif bilan 12-14 avgust kunlari Moskvaga boradi. Abbos Xoniyaning o‘ldirilishini “qo‘rqoqlik harakati va Isroil siyosatidagi xavfli voqea” deb bilishini aytdi.

“Shubhasiz, janob Xoniyaning o‘ldirilishidan maqsad urushni cho‘zish va uning ko‘lamini kengaytirishdir. Bu tajovuzni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azodan olib chiqish bo‘yicha davom etayotgan muzokaralarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, deydi Prezident Abbos.

Uning aytishicha, Xoniya urush boshlanganidan beri HAMAS xalqaro diplomatiyasining yuzi bo‘lgan va G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro vositachilik harakatlarida qatnashib kelgan. Shuningdek, Mahmud Abbos G‘azo sektori qonuniy Falastin hukumati nazoratiga o‘tkazilishi kerakligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Abbos Putin bilan mintaqadagi tinchlik jarayonini muhokama qilishni va pozitsiyalarni muvofiqlashtirishni rejalashtirayotganini aytdi.

“Bizning tashrifimizdan asosiy maqsad Falastin va xalqaro maydondagi so‘nggi voqealar yuzasidan maslahatlashish va fikr almashish, pozitsiyalarni muvofiqlashtirish va barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashdan iborat”, deya ta’kidlagan Abbosning so‘zlariga asoslanib.

Eslatib o‘tamiz, Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguni qabul qildi va ular ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.  

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mahmud Abbos HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing