HAMAS yetakchisining singlisi havo hujumida halok bo‘ldi
Olam
−
25 iyun 2024 7078 1 daqiqa
Blokadadagi G‘azo sektori g‘arbida joylashgan Ash-Shati qochqinlar lageriga berilgan aviazarbalar oqibatida 10 kishi, jumladan, HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning singlisi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi samolyotlari Xoniya oilasiga tegishli uyga zarba bergan. Otishma oqibatida uy butunlay vayron bo‘lgan, kamida 10 kishi halok bo‘lgan.
Muammedani shifoxonasidagi manbalarning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida HAMAS siyosiy byurosi rahbarining singlisi Zahr Abdussalom Xoniya ham bor.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Isroil Ash-Shati qochqinlar lagerini o‘qqa tutgan, oqibatda Ismoil Xoniyaning uch o‘g‘li va to‘rt nabirasi halok bo‘lgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr