HAMAS yetakchisi Isroilning yangi taklifini rad etdi – WSJ
Olam
−
21 dekabr 2023
7032HAMAS Isroilning garovga olinganlarni ozod qilish evaziga bir haftalik sulh haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” Misrdagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, HAMAS yetakchisi Ismoil Xoniya Misrga tashrifi va razvedka vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida har qanday muzokaralarni boshlash sharti sifatida to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish va gumanitar yordamni oshirish uchun u yerda bo‘lganini aytgan.
Shuningdek, u 100 nafar garovga olingan falastinlik mahbuslarni ozod qilishni talab qilgan.
"HAMASning pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda: ular gumanitar pauzalar yaratishni xohlamaydi, HAMAS G‘azodagi Isroil urushi to‘liq tugatilishini istaydi", deydi falastinlik amaldorlardan biri.
Bir kun avval “The Jerusalem Post” gazetasi xabardor manbalariga tayanib, Isroil Qatarni kamida bir haftalik harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyorligini ma’lum qilganini yozgan edi. Buning evaziga Isroil HAMAS anklavda ushlab turgan 40 nafar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qilmoqda.
LiveBarchasi