HAMAS yetakchisi ilk bor ochiq bayonot berdi

Olam

image

HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvar urush boshlanganidan beri birinchi marta ochiq bayonot berdi

“Biz zudlik bilan mahbuslar almashinuvi bo‘yicha bitim tuzishga tayyormiz, bunda Isroil qamoqxonalaridagi barcha falastinlik mahbuslar evaziga HAMAS qo‘l ostidagi barcha mahbuslar ozod qilinadi”,  deydi Sinvar.

Uning bu taklifni HAMASning harbiy qanoti – “Al-Qassam brigadalari” ham ilgari surgan

“Bizning qo‘limizdagi ko‘p sonli garovga olinganlar uchun dushman to‘lashi kerak bo‘lgan tovon barcha falastinlik mahbuslarni Isroil qamoqxonalaridan ozod qilishdir”, degan harbiy qanot matbuot kotibi Abu Obeyda. 

Aytish joiz, bu Sinvarning Isroil-Falastin o‘rtasidagi keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuvlar boshlangan kun – 7 oktyabrdan beri ilk ommaviy bayonoti hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 oktyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu urushning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qilgan edi. Netanyaxuning ma’lum qilishicha, urushning birdan-bir maqsadi HAMAS harakatini batamom yo‘q qilish va garovga olingan isroilliklarni ozod qilishdir. 

Shuningdek, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Netanyaxuning so‘zlariga qo‘shimcha qilib, HAMAS tobora zaiflashib borayotgani va Isroil mudofaa kuchlarining har-bir zarbasi uning asirdagilarni birma-bir ozod qilishga rozi bo‘lishiga olib kelayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

HAMAS Isroil-Falastin urushi Al-Qassam brigadalari Yahyo Sinvar mahbuslar almashinuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing