HAMAS yetakchilari Erdo‘g‘an bilan uchrashish uchun Turkiyaga keldi

Olam

image

Ismoil Haniya boshchiligidagi Hamas yetakchilari Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashish uchun Turkiyaga keldi. Bu haqda "Orda.kz" xabar berdi.

Manbalarning aytishicha, bu HAMAS siyosiy byurosi Raisi Ismoil Haniyaning Erondan keyingi safari.

So‘nggi bir necha kun ichida Haniya Tehronda bir qator yuqori martabali eronliklar, jumladan, davlat rahbari, shuningdek, xavfsizlik va siyosiy sohadagi qator yuqori martabali arboblar bilan uchrashgandi.

Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an ikki hafta avval HAMAS siyosiy byurosi rahbari bilan G‘azo sektoridagi so‘nggi o‘zgarishlarni telefon orqali muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Moliya vazirligi HAMAS yetakchilariga qarshi yangi jazo qo‘llamoqchi edi.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing