HAMAS vakillari kutilmagan tashrif bilan Moskvaga keldi

Olam

image

HAMASning siyosiy byurosi a’zosi Abu Marzuk boshchiligidagi harakat delegatsiyasi e’lon qilinmagan tashrif bilan Moskvaga keldi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

HAMAS vakillari aynan kim bilan uchrashishi noma’lum. Bu tashrif harakatning oktyabr oyi boshida Isroil-Falastin mojarosidan keyingi birinchi tashrif bo‘ldi.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bageriy Kani ham hozir Moskvada – u Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin bilan uchrashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda harakat yetakchilaridan biri Ismoil Xoniya Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashish uchun Moskvaga kelgan edi.

Avvalroq, Falastin rahbari Mahmud Abbos tez orada Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishi haqida ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Falastin HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing