HAMAS Turkiyaga ko‘chib o‘tmadi – Anqara
Olam
−
18 noyabr
2980Avvalroq, Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik rolini to‘xtatgach, matbuotda HAMAS siyosiy byurosining Turkiyaga ko‘chib o‘tgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi. Turkiya esa HAMAS harakatining mamlakatga ko‘chib o‘tgani to‘g‘risidagi xabarlarni asossiz deb atadi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“HAMAS siyosiy byurosi a’zolari vaqti-vaqti bilan Turkiyaga tashrif buyuradi, lekin bu byuro Turkiyaga ko‘chib o‘tdi degani emas”, deyiladi bayonotda.
Isroil davlat televideniyesi KAN ham yuqori martabali HAMAS yetakchilarining Turkiyaga ko‘chib o‘tgani haqida xabar tarqatgan. Biroq Turkiya tomonidan berilgan bayonotda bu iddaolarning haqiqat emasligi yana bir bor ta’kidlangan. HAMASning Turkiyadagi faoliyatiga oid bu kabi ayblovlar ilgari ham ko‘tarilgan, ammo xuddi shunday rad etilgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi