HAMAS Tel-Avivga raketa bilan zarba berdi

Olam

image

HAMAS bugun, 13 avgust kuni Isroilning Tel-Aviv shahriga uzoq masofaga uchuvchi ikkita raketa bilan  hujum qildi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, bu ikki raketa Isroilning Gush-Dan hududiga uchirilgan. Raketalardan biri Tel-Aviv janubidagi dengizga – Bat-Yam va Rishon-le-Sion plyajlari ro‘parasiga kelib tushgan. Raketa dengizga tushgani sababli Katta Tel-Aviv tumanida havo hujumidan mudofaa sirenasi eshitilmagan. Isroil armiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, yana bir raketa G‘azo qirg‘oqlari qarshisida dengizga qulagan.

HAMASning harbiy qanoti “Izz ad-Din al-Kassam” brigadalari mamlakat markazining o‘qqa tutilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

“Biz sionistlar tomonidan falastinlik tinch aholining o‘ldirilishiga javoban Tel-Aviv va uning chekka hududlariga ikkita M90 raketasini uchirdik”, deyilgan HAMAS rasmiylarining bayonotida.

Bu yerda gap G‘azo shahridagi Al-Tabain maktabiga qilingan hujum haqida ketmoqda.  10 avgust kuni SAXALning G‘azo sektoridagi maktabga bergan zarbasi oqibatida 100 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgandi.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS harakatining yangi rahbari, siyosiy byuroning avvalgi rahbari Ismoil Xoniya o‘ldirilishi ortidan saylangan Yahyo Sinvar Misr va Qatar vositachilari orqali Isroilga sulh bo‘lishini istashi haqidagi xabarni yetkazgandi. Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Ozarbayjondagi harbiy markazlariga hujum qilishni taklif qilishi fonida Isroil mudofaa kuchlari barcha isroillik harbiy xizmatchilarni Gruziya va Ozarbayjonni zudlik bilan tark etishga chaqirgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

HAMAS Tel'-Aviv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing