HAMAS qo‘mondoni o‘lganiga ishonmayman – Netanyaxu
Olam
−
14 iyul
6015Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat qo‘shinlari tomonidan G‘azoning markaziy qismiga qilingan hujumda HAMASning yuqori darajadagi qo‘mondoni o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u kecha, 13 iyul kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Deyf havo hujumida haqiqatan ham o‘ldirilganmi yoki yo‘qmi, bu Isroilga haliyam qorong‘u”, degan Bosh vazir.
HAMAS rasmiylari tomonidan “Al Jazeera” telekanaliga aytilishicha, o‘lganligi aytilayotgan Deyf Isroil Bosh vazirining bayonotini eshitgan va uni masxara qilgan.
Netanyaxu Deyfdan tashqari, uning o‘rinbosari, brigada komandiri Rafa Salamaning o‘limi haqida gapirgan. Uning nutqidan ma’lum bo‘lishicha, qo‘mondonlar o‘lganligiga ishonch hosil qilmaguncha Netanyaxu bunday xabarlarni rad etadi.
Ma’lumot uchun, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. Isroilning zarbalari oqibatida 38 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Xon Yunusdagi Al-Mavosi hududiga qilgan hujumlari oqibatida HAMAS bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni Rafa Salama halok bo‘lgani xabar qilingandi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 71 kishi halok bo‘lgan, 280 dan ortiq kishi jarohatlangan. G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri yaqinidagi hujumdan maqsad HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyfni nishonga olish bo‘lgani aytilgandi.
LiveBarchasi