HAMAS garovdagilarni ozod qiladi, faqat...
Olam
−
09 yanvar
8555G‘azo sektorida HAMAS tomonidan garovga olinganlar faqat barcha falastinliklar ozod etilgan taqdirdagina Isroilga topshirilishi mumkin. Bu haqda HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya ma’lum qildi.
“Isroillik garovga olinganlarning G‘azo sektorini tirik holda tark etishining yagona yo‘li – Isroil bosqinchi ma’murlari qamoqxonalaridagi barcha falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuborishidir”, deydi Xoniya.
HAMAS yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, G‘azodagi harbiy amaliyotlar davomida Isroil o‘z maqsadini amalga oshira olmagan.
"Isroil hukumati o‘z maqsadlari – HAMASni yo‘q qilish, Falastin aholisini sektordan majburan ko‘chirish va garovga olinganlarni qutqarish kabilarga shuncha qirg‘in va vayronagarchilikka qaramay erisholmadi", deya qo‘shimcha qilgan Xoniya.
Shuningdek, u Isroil kuchlarining G‘arbiy Sohildagi harakatlari “keng ko‘lamli va jiddiy xavf tug‘dirishi” haqida ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 noyabr kuni HAMAS Misr va Qatar vositachiligida Isroil bilan G‘azo sektorida to‘rt kunlik gumanitar sulh bo‘yicha kelishuvga erishgan va u 24 noyabrda kuchga kirgandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar mahbuslar va garovdagilarni ozod qildi. Ular o‘t ochishni to‘xtatishni bir necha bor uzaytirdi, biroq 1 dekabr kuni sulh tugadi va yana jangovor harakatlar boshlandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15