HAMAS garovdagi yana uch nafar isroillikni ozod qildi (video)

Olam

image

HAMAS Isroilga uch nafar garovga olingan shaxsni topshirdi. Bu haqda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga tayanib, Isroil armiyasi xabar bedi.

“Qizil Xoch ma’lumotiga ko‘ra, uch nafar garovga olingan shaxs topshirildi va ular G‘azo sektorida Isroil armiyasi kuchlariga topshirilmoqda”, deyiladi bayonotda.

“The Times ofIsrael”  nashrining yozishicha, ozod qilinganlar – 56 yoshli Oxad Ben Ami, 52 yoshli Eli Sharabi va 34 yoshli Or Levi. Avvaliga Ben Ami HAMAS avtomobilidan tushgan, undan keyin Sharabi va Levi chiqqan.

Qizil Xoch ozod etilgan garovga olinganlarni G‘azodagi Isroil xavfsizlik xizmati vakillariga topshiradi, shundan so‘ng ular vataniga olib chiqiladi. Or Levi Givataim shahridan bo‘lib, u 2023 yil 7 oktyabr kuni Nova festivalida o‘g‘irlab ketilgan. Uning rafiqasi Eynav qurolli to‘qnashuv chog‘ida halok bo‘lgan.

Eli Sharabi esa Beeri kibutsidan garovga olingan. Uning rafiqasi va qizlari o‘ldirilgan, o‘zi va ukasi Yossi esa asirga olingan edi. Ukasi asirlikda halok bo‘lgan. Oxad Ben Ami va uning rafiqasi Raz Ben Ami ham Beeridan o‘g‘irlab ketilgan. Raz Ben Ami 2023 yil noyabr oyida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida ozod qilingan. Shuningdek, bugungi almashinuv doirasida Isroil 183 nafar falastinlik mahbusni, jumladan, umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 18 nafar mahbusni ozod qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 16 yanvar kuni Isroil, HAMAS, AQSH va Qatar vakillari Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzolagandi. Kelishuv 19 yanvar kuni kechqurun kuchga kirdi va HAMAS uch nafar shaxsdan iborat birinchi asirlar guruhini ozod qildi. Isroil esa 90 falastinlik mahbusni ozod qilgan. 25 yanvar kuni sulh kelishuvining birinchi bosqichi doirasida asir almashishning ikkinchi raundida G‘azo sektorida saqlanayotgan to‘rt nafar isroillik ayol evaziga Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 200 nafar falastinlik ozod qilindi. 1 fevral kuni HAMAS garovdagi 3 nafar isroillikni, Isroil esa 83 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS garovdagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing