Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

HAMAS garovdagi amerikalikni qaytarishga rozi bo‘ldi

Olam

image

Falastinning HAMAS harakati vositachilarga garovga olingan AQSH fuqarosini ozod qilishga va ikki fuqarolikka ega halok bo‘lgan to‘rt nafar asirning jasadini topshirishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda guruhning tegishli bayonoti e’lon qilindi. 

“Bugun ertalab HAMAS vositachilarga kecha, 13 mart kuni qilgan taklifiga o‘z javobini yetkazdi. Biz AQSH fuqaroligiga ega bo‘lgan isroillik harbiy xizmatchi Iden Aleksandrni qo‘yib yuborishga va ikki fuqarolikka ega bo‘lgan to‘rt nafar halok bo‘lgan garovga olinganlarning jasadlarini topshirishga rozimiz”, deyiladi xabarda. 

HAMAS garovga olinganlar va jasadlarni qancha muddatda topshirishga tayyorligi haqida ma’lumot berilmagan. Harakat, shuningdek, garovga olinganlarni qaytarish evaziga falastinlik mahbuslarni Isroil qamoqxonalaridan ozod qilishni talab qilish-qilmasligini ham ma’lum qilmagan.

“HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning ikkinchi bosqichi bo‘yicha muzokaralarni boshlash va bu borada kelishuvga erishishga to‘liq tayyorligini tasdiqlaydi”, deya qo‘shimcha qilgan guruh vakillari. 

Qolaversa, harakat Isroilni “o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni bajarishga” chaqirgan. 

Misr Isroil va HAMASga yangi sulh rejasini taklif qildi north_east

Misr Isroil va HAMASga yangi sulh rejasini taklif qildi

Ma’lumot uchun, joriy yilning 12 mart kuni Dohada Qatar vositachiligida va Amerika ma’muriyati vakillari ishtirokida Isroil va HAMAS o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan muzokaralarning yangi bosqichi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil va Falastin HAMAS harakati o‘rtasida sulh 19 yanvar kuni kuchga kirgan edi. Ushbu sulh uch bosqichdan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda tomonlar asirlarni va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishi kerak. Birinchi bosqich 1 mart kuni tugagan. 

Keyinchalik, 2 martda AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonlarga yangilangan kelishuv loyihasini taqdim etdi. Isroil darhol AQSH tashabbusini qabul qildi. HAMAS esa bu tashabbusni qat’iyan rad etdi va avvalgi kelishuvlarga rioya qilishni davom ettirishini bildirdi. Ammo shundan so‘ng, Isroil  HAMAS ushbu shartlarga rozilik bildirmasa, harbiy harakatlarni qayta boshlashi bilan tahdid qildi


Maqola muallifi

Teglar

AQSh HAMAS vositachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing