Halokatga uchragan samolyot “tashqi ta’sir”ga duchor bo‘lgan – AZAL
Olam
−
27 dekabr 2024
9225Ozarbayjon havo yo‘llari (AZAL) Aqtau yaqinidagi Embraer 190 samolyoti halokatining dastlabki sababi sifatida tashqi jismoniy va texnik ta’sirlarni ko‘rsatdi. Bu haqda AZAL bayonotiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Aviakompaniyaning aniqlik kiritishicha, bu versiya Aqtau yaqinidagi aviahalokat bo‘yicha rasmiy tergov paytida paydo bo‘lgan.
“Ozarbayjon fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi tomonidan Embraer samolyotining qulashi bo‘yicha dastlabki tergov natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, kema tashqi jismoniy va texnik ta’sirlarga uchragani, shuningdek, uchish uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni hisobga olgan holda qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
“Matbuot boshidanoq qushlar samolyotga urilganini yozgan. Biroq yerdan topilgan samolyot qoldiqlarini tahlil qilish va tirik qolganlarning ko‘rsatmalariga asoslangan ekspertlarning dastlabki xulosalari bizga tashqi ta’sir bo‘lgan degan xulosaga kelishga imkon beradi”, dedi Ozarbayjon Transport, kommunikatsiyalar va yuqori texnologiyalar vaziri Rashad Nabiyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Aqtau shahrida halokatga uchragan samolyotning qora qutisi topilgandi.
LiveBarchasi