Aqtauda halokatga uchragan samolyotning qora qutisi topildi

Olam

image

Qozog‘istonning Aqtau shahrida halokatga uchragan samolyotning qora qutisi topildi. Bu haqda transport prokuraturasi vakili Aqtauda bo‘lib o‘tgan brifingda xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tez orada tergovchilar ovoz yozish moslamasini deshifrlashni boshlaydi.

“Samolyotning qora qutisi topildi”, degan rasmiy vakil.

Shu bilan birga, brifingda marhumlarning qarindoshlari jasadlar kimga tegishli ekanini aniqlashi va ularni tergov harakatlaridan keyin olib ketishi mumkinligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 25 dekabr kuni Ozarbayjon aviakompaniyasining Baku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchragani xabar qilingan edi. Samolyot yo‘lovchilaridan 37 kishi Ozarbayjon, 16 kishi Rossiya, 6 kishi Qozog‘iston va uch kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lganligi ta’kidlangan. Samolyotning qulashiga qushlar galasi bilan to‘qnashuv sabab bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halokat oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Aqtau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing