“Hali ko‘rasizlar, “shoxim bor”, deb yurganlarning uyi ham buziladi” – Erkinjon Turdimov

Jamiyat

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning viloyat mutasaddilari bilan o‘tkazdi. Yig‘ilishda hokim noqonuniy yer ajratilgani va korrupsiya ko‘payib ketganligin tanqid qildi. SHUningdek, noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylar buzilishini aytib o‘tdi.

“Shaharda hamma yoq “o‘yin”. Korrupsiya! Qurilishga ruxsat berish uchun imzolangan qarorlarning asli yo‘qotib yuborilgan. 85 ta qarorning asli yo‘q. “Qani qaror?” desak, “Yo‘q qaror. Bu qaror bo‘lmagan bo‘lishi ham mumkin”, degan javobni eshitamiz.

Kecha odamlarning qo‘lida mavjud qarorlarni yig‘dirib chiqdik – qaror nusxalarini uchastka nozirlari odamlarning qo‘lidan yig‘ib kelishdi – o‘sha yo‘q ro‘yxatdagi 50 ta qaror aniqlandi. Barcha qarorlarda ko‘p qavatli “dom” qurishga ruxsat berilgan.

Buyoqda hamma qarorlarni olib, “tekshirib chiqinglar qani”, desam “85 ta qaror yo‘q”, deb kelishdi.

Sayyor qabulda fuqarolar “bizning yashab turgan uyimizni buzib, ko‘p qavatli uy qurmoqchi bo‘lishyapti”, deb kelishmoqda. “Bor, o‘rganib kel”, desak, quruvchining qo‘lida qaror bor. Tekshirsak, boyagi — aslida yo‘q qarorlar ro‘yxati ichida turibdi bu ham. Ichki ishlar xodimlari bizga qarorlarni yig‘ib berdi. Yo‘qotilgan qarorlarning 50 tasi topildi.

Nima, bu qarorlar o‘zidan-o‘zi berilganmi? Nega asli yo‘qotib yuborilgan, agar to‘g‘ri qaror bo‘lsa?

Toyloq ham xuddi shunaqa bo‘lgan. Samarqand tumani ham. Yashiradigan narsa qolgani yo‘q o‘zi. “O‘tirib yer sotamiz”.

Samarqand shahrining tarixiy qismida birorta yangi uy qurish mumkin emas. Davlat rahbarining bu borada topshirig‘i bor. Uy-joy qurish uchun qaror chiqarish mumkin emas. Shu yerga ham qarorlar chiqarilgan. 2018 yilning iyul oy o‘rtalarida Bosh vazirning bu boradagi bayonnomasi tasdiqlangan. O‘sha bayonnomadan keyin ham qarorlar imzolangan. 2018 yil dekabrda, 2019 yil fevralda chiqqan qarorlar bor.

Loyiha bo‘yicha shahar markazida mehmonxona qurish mumkin, lekin ko‘p qavatli uy qurish mumkin emas. Qurganlarning imorati ham buziladi. Hali ko‘rasizlar, “shoxim bor”, deb yurganlarniki ham buziladi”, degan Samarqand viloyat hokimi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand er Erkinjon Turdimov

Baholaganlar

282

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing