Hakamning onasini fohisha deb atagan futbolchi 8ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Sport
−
11 aprel 2019
7771Asli braziliyalik bo‘lgan “Atletiko” klubi hujumchisi Diyego Kosta Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan 8ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi forvardi “Barselona”ga qarshi LaLiganing 32-tur uchrashuvida ishlagan hakam Xesus Xil Mansanoni haqorat qilgan.
Hujumchi uchrashuvning birinchi taymidayoqmaydondan chetlatilgan edi. Mansano o‘zining o‘yindan keyingi hisobotida, futbolchi uning onasini so‘kkanini yozgan. Diyego Kosta bu ayblovlarni tan olmadi. Biroq, uning aybi to‘liq isbotlangan, chunki futbolchining tovushi hakam mikrofonidan eshitilgan.
Ma’lumot uchun, o‘sha bahsda Kostaning chetlatigach, "Atletiko" "Barselonaga" 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Endi Diyego Kosta mavsumning qolgan qismini to‘liq maydondan tashqarida o‘tkazadi.
LiveBarchasi