“Barselona” “Atletiko”ga qarshi o‘yinlardagi rekordini yangiladi
Sport
−
03 aprel
2862Ispaniya kubogi yarim finali javob uchrashuvida “Barselona” va “Atletiko” jamoalari to‘qnash keldi. Tomonlar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda 4:4 hisobi qayd etilgandi, ikkinchi o‘yinda “ko‘k-anorranglilar” kichik hisobda zafar quchib, turnir finaliga yo‘l oldi.
Shunday qilib, “Barselona”ning Ispaniya kubogi doirasida “Atletiko Madrid” ustidan ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qayd etdi. Kataloniyaliklar “matraschilar”ga qarshi o‘yinlar bilan tarixida birinchi marta bunday omadli seriyaga erishdi. Bundan tashqari, ularning madridliklar bilan mag‘lubiyatsiz seriyasi 8 ta o‘yinga yetdi: 6 ta g‘alaba va 2 ta durang.
Qirol kubogi finaliga keladigan bo‘lsak, muxlislar 2014 yildan beri birinchi marta turnirning hal qiluvchi o‘yinida “El klasiko” tomosha qiladigan bo‘ldi. Umumiy hisobda “Barselona” va “Real” finalda yetti marta to‘qnash kelgan. Shundan «qaymoqranglilar» to‘rt marta, “ko‘k-anorranglilar” esa uch marta g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi
Trenddagilar




