Hakamni “uchib kelib” tepgan “Neftchi” futbolchisi ozodlikka chiqarildi

Sport

image

Avvalroq, Farg‘onada futbol o‘yinidan keyin janjal yuz bergani, futbolchi va muxlislar hakamni kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Farg‘ona viloyati IIB mazkur holat yuzasidan tartibsizlik keltirib chiqarganlar ushlanganini ma’lum qilgandi

“Neftchi” klubi Matbuot xizmatining xabar berishicha, klub futbolchilari  Jamshid To‘raqulov va Dostonbek Toshmatovlar ozodlikka chiqarilgan. Ular 1 dekabrdan buyon hibsda edi.

Avvalroq Farg‘ona viloyati IIB mazkur janjal yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot bergandi.

Qayd etilishicha, janjal yuz bergan kunning o‘zida Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “v” bandi (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergovga kirishilgandi.

Mazkur jinoyat ishi doirasida 6 nafar shaxslar yuqoridagi modda bilan ish bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ular Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangandi.

Keyinchalik, “Neftchi” – “Turon” o‘yinidagi janjal bo‘yicha aybdorlarga jazo ham tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing