Hafta oxirida qanday ob-havo kutilyapti?

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 19-21 yanvar kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 20 yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 21 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 20 yanvarda kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 21 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 19 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, 20 yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 21 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 20-21 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 20 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 21 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 20 yanvarda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 21 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-20 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 21 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-20 yanvarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. 21 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 20-21 yanvarda kechasi 6-11 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing