Hafta davomida havo harorati pasayib, momaqaldiroq bo‘ladi

Bu qiziq

image

17-18 avgust kunlari O‘zbekiston hududining katta qismi g‘arbiy oqim ta’sirida bo‘ladi, mamlakatga Kaspiy dengizi ustida shakllangan kam nam va nisbatan salqin havo kiradi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Buning natijasida respublikaning katta qismida bulutlilikning ortishi kutilmoqda. Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlari, respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida shu kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Mamlakatning ayrim joylarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Butun respublika bo‘yicha haroratning pasayishi kutilmoqda. Ertaga havo harorati 28-33 darajagacha, janubda 34-37 darajagacha pasayadi.

19 avgustdan atmosferadagi g‘arbiy oqimlar janubi-g‘arbiy oqimlar bilan almashadi. Respublikamiz hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo oqimi ko‘tariladi.

19-21 avgustda butun respublika bo‘yicha ob-havo asosan kam bulutli bo‘ladi, harorat biroz ko‘tariladi. Agar 19 avgustda kunduzgi harorat 28-33 daraja atrofida bo‘lsa, 20-21 avgust kunlari kunduzi havo 34-37 darajagacha isiydi.   


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing