Habibning otasida koronavirus aniqlandi

Sport

image

Mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedovning otasi va murabbiyi Abdulmannap Nurmuhamedovda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Aprel oyida u koronavirus yuqtirishda gumonlanganda, murabbiy test topshirishdan bosh tortgan. May oyi boshida Nurmuhamedovning ahvoli yomonlashgan. Habib reys tashkil qilib, otasini Maxachqal’adan Moskvadagi shifoxonaga olib kelgan. Shu yerda unda koronavirus aniqlangan.

Qayd etish kerakki, Abdulmannap Nurmuhamedov koma holatiga ham tushib qolgan. Keyinroq esa murabbiy o‘ziga kelgan

Ba’zi nashrlarning yozishicha, Habibning otasi 3 may kuni infarktni o‘tkazgan. Uni operatsiya qilishgan va EKMO apparatiga ulashgan. Shuningdek, Abdulmannap Nurmuhamedov taqiqlanganiga qaramay mashg‘ulotda qatnashganidan keyin tobi qochgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov koronavirus Abdulmannap Nurmuhamedov

Baholaganlar

588

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing