Habibning otasi Meyvezer bilan jang haqida gapirdi

Sport

image
Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangi bo‘yicha shartnoma imzoladi north_east

Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangi bo‘yicha shartnoma imzoladi

Habib Nurmuhamedovning otasi Abdulmanop Nurmuhamedov taniqli bokschi Floyd Meyvezer bilan jang o‘tkazish taklifi yuzasidan izoh berdi.

“Habib bilan jang o‘tkazish istagini hurmat qilaman. Hozir bizda eng muhim palla, biz UFC tarixida eng yaxshi jangni o‘tkazishimiz kerak. Biz bu jangga bir yildan ortiq vaqt tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Jang besh oydan keyin o‘tkaziladi. Keyin esa bizga olti oyga Lomachenko kichikning lageri kerak bo‘ladi”, deb yozgan Abdulmanop Nurmuhamedov o‘zining Instagram sahifasida.

2015 yilda Meyvezer kichik Menni Pakyaoni o‘rta vaznda WBC, WBO va WBA Super titullari uchun jangda mag‘lub etdi.

2017 yilda esa boks qoidalari bo‘yicha Floyd Konor Makgregorni nokautga uchratgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Abdulmanop Nurmuhamedov Floyd Meyvezer

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing