Habibning otasi dafn etildi. Marosimda Ramzan Qodirov ham qatnashdi

Sport

image

Joriy yilning 3 iyul kuni UFC’ning yengil vazndagi chempioni rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedovning otasi Abdulmannap Nurmuhamedov 58 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik. Koronavirusga chalinib, olamdan o‘tgan Abdulmannap Nurmuhamedov kecha, 4 iyul kuni Dog‘istondagi o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqqa dafn etildi. 

Dafn marosimida qatnashish uchun yuzlab odamlar hozir bo‘lgan, biroq tuman rahbari va marhumning akasi pandemiya sharoitidan kelib chiqib, ulardan dafn marosimida qatnashmasliklarini, to‘planmasliklarini so‘ragan. 

Habib va uning oila a’zolariga ta’ziya bildirish uchun marosimga Checheniston rahbari, Nurmuhamedovlar oilasining yaqin do‘sti Ramzan Qodirov ham kelgan. 

Habib Nurmuhamedov Ramzan Qodirovga minnatdorlik bildirarkan, shunday degan: 

“Hammasi uchun sizdan minnatdormiz, katta rahmat. Biz kuchimiz yetgan hamma narsani qildik”. 

Shuningdek, Habib otasining Maxachqal’a Moskvaga olib borilishida ham o‘z hissasini qo‘shganlarda minnatdorlik bildirgan. 

Abdulmannap Nurmuhamedov 1962 yil 10 dekabrda Dog‘iston avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida tug‘ilgan. Bolaligidan u erkin kurash bilan shug‘ullangan. Erkin kurashda sport ustasi bo‘lgan. Armiyada u dzyudo va sambo bilan shug‘ullana boshlagan.

2019 yilning sentyabr oyida Abdulmannap Nurmuhamedov eng ko‘p jangovar sambo chempioni bo‘lgan shaxs sifatida Rossiya Rekordlar kitobiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Abdulmannap Nurmuhamedov

Baholaganlar

932

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing