Habibning amakivachchasi uning sportdan keyingi hayoti haqida gapirdi
Sport
−
25 mart 2021
6873Rossiyalik sobiq UFC jangchisi Habib Nurmuhamedovning amakivachchasi Abubakar Nurmuhamedov sobiq chempionning karerasidan keyingi hayoti haqida gapirib berdi. Bu haqda "Chempionat.com" xabar bergan.
"Masalan, u menga oldin ovqatlanish borasida tartibi yo‘qligini aytardi. Endi u o‘ziga kofe sotib olib, San-Fransisko bo‘ylab aylanib yurishi mumkin. Biz San-Fransiskoga uchganimizda u juda xursand edi, chunki uning hech qanday mashg‘ulotlari yo‘q edi", degan Abubakar.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning kuzida amerikalik jangchi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, Habib faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
UFC rahbari Dana Uayt jangchini sportga qaytishi uchun harakat qildi, ammo 19 mart kuni u rossiyalikning butunlay "iste’foga chiqqanini" e’lon qildi.
32 yoshli Habib faoliyati davomida 29 marotaba oktagonga ko‘tarilib, biror marta mag‘lubiyatga uchramagan: 29 jang, 29 g‘alaba.
LiveBarchasi