Habibga futbol klubidan taklif tushdi

Sport

image

Rossiyaning uchinchi divizionida to‘p suruvchi “KamAZ” klubidan yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedovga futbol karerasini ushbu jamoada boshlash to‘g‘risida taklif yuborildi. Bu haqda “KamAZ” klubining Instagram sahifasida ma’lum qilingan.

“Xush kelibsiz, Habib! Sizga jamoamiz a’zosi sifatida katta futbolda debyut qilishni taklif etamiz”, deyiladi sahifada.

Xabarga ko‘ra, “KamAZ” Habibni mavsumoldi yig‘inlariga chaqirgan.

 

Ma’lumot o‘rnida, ushbu klubda avval ham katta futbolga boshqa sportdan kirib kelgan futbolchi debyut qilgan. Rossiyaning Qozon shahri sharafini himoya qiluvchi “Ak Barsa” xokkey klubidan kelgan Artyom Lukoyanov ushbu klub bilan 2019 yilda shartnoma tuzgan va “Ufa-2”ga qarshi maydonga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib KamAZ

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing