Habib yo‘q: Dana Uayt UFC tarixidagi eng yaxshi jangchilarni aytdi
Sport
−
19 yanvar 2022 8380 1 daqiqa
UFC prezidenti Dana Uayt promoushen tarixidagi eng yaxshi uchta jangchi nomini aytdi. Uning fikricha Anderson Silva, Jorj Sen-Per va Jon Jons tarixdagi eng yaxshi jangchilar hisoblanadi.
Ushbu ro‘yxatga rossiyalik yengilmas chempion Habib Nurmuhamedov kiritilmagan. Shuningdek, Uayt Kamaru Usman ushbu ro‘yxatga kirishga yaqin ekanligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Kamaru Usman 2021 yilning fevral oyida Las-Vegasda (AQSH) bo‘lib o‘tgan UFC 258 musobaqasining asosiy jangida Gilbert Byornsni nokautga uchratganidan so‘ng, Dana xuddi shu saviyada o‘ynashda davom etsa, Usman yarim o‘rta vazn toifasida tarixidagi eng buyuk jangchiga aylanishi mumkinligini aytib o‘tgan edi. Kamaru Usman UFC’da 15 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, Usman navbatdagi jangini angliyalik Leon Edvardsga qarshi o‘tkazadi. Nigeriyalik jangchi 2015 yilda Edvardsni mag‘lub etgan.